Янгиликлар
Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshiriladi ?
Maktablarda dars taqsimoti qanday amalga oshiriladi ?
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 15-bandida umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15 sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi belgilangan.
Shuni alohida takidlash kerakki, nizomning 16-bandiga muvofiq belgilangan ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorda berilishi belgilangan.
E’tibor berish kerakki, o‘qituvchi mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Aynan bir xil ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan bir nechta o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.
Mehnat kodeksi 4-moddasiga muvofiq, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitish hisoblandi.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi boshligʻi O.Nishonov