Янгиликлар
Alimentni kim to‘laydi ?
Alimentni kim to‘laydi ?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodekasining 136-moddasiga ko‘ra aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish orqali yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi) tuzish orqali belgilanadi.
Agarda aliment oluvchi o‘zgargan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli «Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taminoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qounchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 17-bandiga asosan agar sudning bola ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi hal qiluv qarori yoki buyrug‘i ijro etilishi vaqtida bola aliment to‘layotgan ota(ona)ning tarbiyasi va qarmog‘iga o‘tgan bo‘lsa, undiruvchi esa, aliment olishdan voz kechmagan bo‘lsa, keyingi to‘lanadigan alimentdan ozod qilish masalasi ota(ona) tomonidan tegishli tartibida qo‘zg‘atilgan da’vo asosida sud tomonidan hal etiladi.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi M.Parxatov