Янгиликлар
Ish beruvchi xodimdan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida majburan ariza yozdirib oldi qanday yo‘l tutish lozim.
Ish beruvchi xodimdan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida majburan ariza yozdirib oldi qanday yo‘l tutish lozim.
Mehnat kodeksining 160-moddasi 1-qismiga ko‘ra xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini o‘n to‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati so‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim o‘zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.
Demak, xodim ishdan bo‘shash haqida ariza yozganingizdan so‘ng o‘n to‘rt kalendar kun ichida uni qaytarib olishga haqli hisoblanadi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorning 15-bandiga muvofiq sudlar da’vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizani ish beruvchining qistovi natijasida berganligi to‘g‘risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirishlari lozimligi belgilangan.
Yuqoridagi asoslarga ko’ra xodim arizasini chaqirib olish orqali yoki belgilangan protsessual muddatda sudga ishga tiklash haqida da’vo ariza bilan murojat qilishi mumkin.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi boshligʻi O.Nishonov