Янгиликлар
TA’LIM KREDITI KIMLARGA BERILADI ?
TA’LIM KREDITI KIMLARGA BERILADI ?
Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021 yildagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga berilishi belgilangan. Ko‘rishimiz mumkinki ta’lim kreditini ta’lim shaklidan qatiy nazar barcha talabalar olishi mumkin.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning o‘qish muddati rasman tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi boshligʻi O.Nishonov