Янгиликлар
Ishga qabul qilish chog‘idagi dastlabki sinov belgilash tartibi
Ishga qabul qilish chog‘idagi dastlabki sinov belgilash tartibi
Dastlabki sinov muddati 3 oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo‘linmalarining rahbarlari uchun esa 6 oydan oshmasligi kerak. Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov bilan tuzilishi mumkin: Quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: Dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chog‘ida belgilanishi mumkin.Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim haqiqatda ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga qo‘shilmaydi. Dastlabki sinov davrida xodimga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi to‘liq tatbiq etiladi. Dastlabki sinov muddati tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida 3 kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli. Ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganda, xodimni sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablarni ko‘rsatgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra, dastlabki sinov davrida bekor qilishga haqli.
Abdirayimov Durbek Samat o`g`li O`rta Chirchiq tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti.