Янгиликлар
Uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining (vasiysining) qisqartirilgan ish vaqtining davomiyligi mavjudmi?
Uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining (vasiysining) qisqartirilgan ish vaqtining davomiyligi mavjudmi?
Xa albatta mavjud!
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 397-moddasi.
Uch yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan birining (vasiysining) qisqartirilgan ish vaqti davomiyligiga bo‘lgan huquqi.
Uch yoshga to‘lmagan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Uch yoshga to‘lmagan bolaning budjetdan moliyalashtirilmaydigan ish beruvchilarda ishlaydigan ota-onasidan biriga, vasiysiga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda belgilanishi mumkin.
Qibray tuman Adliya bo’limi, Yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
3-darajali yurist
Sarvar Xolmuxamatov Naufal o’g’li