Янгиликлар
Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash haqida eshitganmisiz?
Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash haqida eshitganmisiz?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 270-moddasida
Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash haqida tushuntirish berilgan.
Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining ellik foizidan oshishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.
Qibray tuman Adliya bo’limi, Yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
3-darajali yurist
Sarvar Xolmuxamatov Naufal o’g’li