Янгиликлар
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar qanday ishlarda ishlashi taqiqlanadi?
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar qanday ishlarda ishlashi taqiqlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 354-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 290-son qarori ilovasiga asosan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar quyidagi ishlarda ishlashi taqiqlanadi:
Ko‘mirni boyitish apparatchisi;
Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
Yer osti kon ishchisi;
Tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni me’yoriga yetkazuvchi;
Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
Olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
Issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;
Neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;
Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
Gipsni qizdiruvchi;
Asfaltbetonchi;
Go‘sht mahsulotlarini kesuvchi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |