Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?


Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

 

Tovar belgisidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra javobgarlikka olib kelishi mumkin. Xususan, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 177-moddasiga asosan bunday qonun buzilishi holati uchun jarima belgilangan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 37(1)-moddasiga ko‘ra tovar belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima (moliyaviy sanksiya) qo'llanilishiga sabab bo‘ladi.

Yuqori Chirchiq tuman

  adliya bolimi boshligi v.v.b                                                   J.Zokirov