Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ma'lumki, 2022-yil 3-mart kuni “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.


Ma'lumki, 2022-yil 3-mart kuni “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.

✅Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkich tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgidir.

✅Shuningdek, Qonun bilan quyidagilar belgilandi:

✅Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir;

 

✅Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.

✅Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan eʼtiboran 15 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

✅Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin 1 oy ichida oʻtkaziladi.

✅Davlat ekspertizasi natijalari asosida vazirlik geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini reestrda roʻyxatdan oʻtkazishni patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran 3 ish kunida amalga oshiradi.

✅Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning egasining geografik koʻrsatkichdan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

✅Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran 10 yil davomida amal qiladi.

 

 

 

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bolimi boshligi v.v.b                                                   J.Zokirov