Янгиликлар
Бир ходима кетма-кет бола тугиб бир ишхонада нечта фарзандли бугунча узлуксиз декретта утириши мумкин. 3 та фарзандли бугунчами ёки конунда белгиланмаганми? Ишдан бушатса буладими
Бир ходима кетма-кет бола тугиб бир ишхонада нечта фарзандли бугунча узлуксиз декретта утириши мумкин. 3 та фарзандли бугунчами ёки конунда белгиланмаганми? Ишдан бушатса буладими
Farzandlar soniga hech qanday cheklov yo’q. "Dekret"ni "dekretga" ulasangiz ham takroriy homiladorlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda berilaveradi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo’riqnoma [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667] (https://lex.uz/docs/-2625878) 29-bandiga ko’ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
MK 408-moddasiga ko'ra, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ish faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
MK 409-moddasiga ko'ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b J.Zokirov