Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodimlarga ortiqcha to'lab yuborilgan ish haqi qaysi holatlarda undiriladi, qaysi holatlarda yo'q?


Xodimlarga ortiqcha to'lab yuborilgan ish haqi qaysi holatlarda undiriladi, qaysi holatlarda yo'q?

Amaldagi Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko'ra xodimga ortiqcha to'langan ish haqini agar bu mehnat to'g'risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto'g'ri qo'llanilgan holda yuz bergan bo'lsa, xodimdan qayta undirib olish mumkin emas.

Masalan, intizomiy jazosi amalda bo'lgan xodimga bayram munosabati bilan mukofot puli to'landi. Bu esa MK 299-moddasi talablariga zid. Bu ortiqcha to'lov mehnat to'g'risidagi qonunchilikni noto'g'ri qo'llash natijasida to'langan. Demak, ushbu ortiqcha to'lovlarni xodimdan qayta undirib olish mumkin emas.

Lekin MK 269-moddaga binoan quyidagi holatlarda xodimga ortiqcha to'langan ish haqi to'lovlarini qayta undirib olsa bo'ladi:

➖ish haqi hisob-kitobdagi xatolik natijasida to'langan bo'lsa;

➖agar xodim mehnat normalarini aybli tarzda bajarmagan bo'lsa va bu mehnat nizolarini ko'ruvchi organ tomonidan eʻtirof etilgan bo'lsa;

➖xodimning ortiqcha ish haqi xodimning g'ayriqonuniy harakat yoki harakatsizligi natijasida to'langan va bu sud tomonidan belgilangan bo'lsa.

Yuqori Chirchiq tuman

  adliya bolimi boshligi v.v.b                                                   J.Zokirov