Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qaytmagan krеditlar bo'yicha bank xodimlarini javobgarlikka tortish to'gʻrimi?


Qaytmagan krеditlar bo'yicha bank xodimlarini javobgarlikka tortish to'gʻrimi?

Aslida kredit amaliyoti shartnomaviy munosabat (FK 744-748-moddalar) hisoblanib, kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar o'zaro kelishuv yo'li bilan hal bo'lmasa, sud orqali hal etilishi lozim.

Bugungi kunda yirik banklardagi kreditlash siyosatiga u qadar xavas qilib bo'lmaydi deb o'ylayman. Kreditning asosiy tamoyillaridan biri to'lovlilik bo'lib, buning maʻnosi kredit mablag'lari to'lov layoqatiga ega shaxslarga beriladi deganidir.

Biroq, oxirgi paytlarda banklar to'lov layoqatiga ega bo'lmagan shaxslarga hamda muammoli va o'zini oqlamaydigan loyihalarga ham juda katta resursdagi kreditlar ajratdi va turgan gapki, ayni paytda ushbu kreditlarni qaytarish banklarning asosiy bosh og'rig'iga aylangan. Ularning orasida sud yoki MIB orqali hal bo'lmaydigan muddati o'tgan kreditlar salmog'i anchagina va ularning hajmi borgan sari ortib bormoqda.

Natijada, banklar bunday kreditlar bo'yicha hujjatlarni prokuratura, ichki ishlar kabi huquq organlariga chiqarmoqdalar. Maqsad, qarzdorga yoki unga kredit ajratishda ko'mak bergan bank xodimlariga jinoyat ishi ochilsa va iloji bo'lsa, ularning bir ikkitalari qamalsa, kredit tezroq to'lanadi, to'g'rimi?

Bankirlar, ayniqsa, bosh ofisdagilar qaytmaydigan va qaytadigan kreditlarni avvaldan yaxshi ajrata oladilar. Aslida aynan ularning o'zlari qaytmaydigan loyihalarga kredit ajratilmasligi borasida faol bo'lishlari kerak. Oddiy qilib aytganda muammoli va qaytmaydigan loyihalarga kredit ajratilmasligi uchun o'z filiallari oldida oxirigacha “turib berishlari” kerak. Yo'q, biz unday qilmaymiz, boshida ko'rib ko'rmaganga olamiz, shunchaki kuzatib o'tiramiz, qaytmaydigan kreditlar esa chiqib ketaveradi. Ertaga muammo chiqsa aybdorlarni qidiramiz, kimnidir burnini qonatib, qamatamiz.

Aslida Jinoyat kodeksining 41-moddasi 5-qismiga ko'ra, tadbirkorlik subʻektlarining o'zlariga ko'rsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bog'liq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmasligi kerak.

Yaʻni, tijorat banklari tomonidan ajratilgan, biroq qaytmagan kreditlar bo'yicha bank kredit komissiya yoki kredit qo'mita aʻzolarini pala-partish jinoiy javobgarlikka tortish to'g'ri emas. Bitta-ikkita muttahamni deb butun boshli kredit qo'mita tarkibini javobgarlikka tortish mantiqsizlik hamdir.

Yuqori Chirchiq tuman

  adliya bolimi boshligi v.v.b                                                   J.Zokirov