Янгиликлар
Tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanganlik uchun ilk marotaba moliyaviy sanksiya qoʻllanildi
Tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanganlik uchun ilk marotaba moliyaviy sanksiya qoʻllanildi
Adliya vazirligi tomonidan Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga javobgar “A” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya’ni 60 million so‘m miqdorida jarima qo‘llash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan.
“LOROBEN” so‘z ko‘rinishidagi tovar belgisi “B” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli boʻlib, javobgar “A” MChJ tomonidan ushbu tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan hamda iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan “LORABEN” so‘z ko‘rinishidagi belgidan foydalanilgan.
Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan javobgar “A” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b J.Zokirov