Янгиликлар
Jinoyat uchun jazo muqarar
Jinoyat uchun jazo muqarar
Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.
Dastlabki tergov hujjatlariga koʻra: 1969-yilda Bekobod shahrida tugʻilgan EOK, muqaddam 01.02.2002-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi
“i,o,n” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “b,v” bandlari, 169-moddasi 3-qismi
“a,v” bandlari bilan sudlanib, unga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va belgilangan jazodan oʻtab boʻlgan boʻlsada, bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, yana jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi talonchilik yaʼni, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, oʻzganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilishda ifodalangan jinoyatini qasddan sodir etgan.
Jumladan, u Bekobod shaharda yashab kelib, 2023-yil 23-aprel kuni taxminan soat 23:00larda alkogol mastlik holatida oʻzganing mulkini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, oʻzining jinoiy sherigi yaʼni Bekobod tuman “Taqachi” MFYda yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan XAX bilan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Oʻrta chirchiq tuman “Yangihayot” MFY, raqamsiz uyda yashovchi 1971-yilda tugʻilgan ASKni dastlabki tergov davomida aniqlashning imkoni boʻlmagan “Neksiya-2” rusumli yoʻl avtomashinasida Bekobod tumani “Taqachi” MFY hududida joylashgan “Drobilka” zavodi olib boruvchi koʻchaning xilvat joyiga olib borib, fuqaro ASKni zoʻrlik bilan avtomashinadan pastga tushirib, jinoiy sherigi XAX fuqaro ASKni oyoq qismiga tepib yerga yiqitgandan soʻng ular birgalashib, fuqaro ASKni yuz qismiga va oʻng koʻz pastki qovoq sohalariga qoʻllari bilan bilan urishib, hayot uchun xavfli boʻlmagan tan jarohatlari yetkazib, fuqaro ASKni chap qoʻlida boʻlgan yashil rangli matodan ishlangan sumkasini va ushbu sumkani ichida boʻlgan jami 6.500.000 soʻm miqdordagi pullar, bahosi 150.000 soʻm boʻlgan erkaklar soyaboni, har birini bahosi 100.000 soʻmdan boʻlgan 5 dona jami bahosi 500.000 soʻmlik “Orbit” saqichi, bahosi 28.000 soʻmlik nam salfetka, bahosi 10.000 soʻmlik 0.5 litr hajmli bakalashkaga solingan nos, bahosi 700.000 soʻm boʻlgan bir dona “LGKA10” rusumli telefon apparatini hamda fuqaro ASK yerda yiqilib yotganidan foydalanib, uning egnida boʻlgan shimi choʻntagidan 1.300.000 soʻm miqdordagi pul mablagʻlarini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritishib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashiringanlar.
24.04.2023-yilda Bekobod tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro EOKdan 44 dona orbit saqichi, nos solingan 0,5 litr xajmli bakalashka, yashil rangli matodan ishlangan sumka daliliy ashyo tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Ish boʻyicha tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning 2023-yilning 06.05.2023-yildagi 328-I-sonli xulosasiga koʻra ASKning tanasidagi jarohati, yaʼni oʻng koʻz pastki qovoq soxasidagi qontalashi qandaydir oʻtmas qattiq jism taʼsirida yuzaga kelgan boʻlib, jarohatlarning olingan vaqti tibbiy xujjatga asosan 2023-yil 24-aprel kuniga toʻgʻri kelishi, ushbu tan jarohatlari birgalikda davomiyligi 6 kundan ortiq boʻlmagan, ozgina, tez oʻtib ketuvchi oqibatli belgisiga koʻra sogʻliqni qisqa muddatga buzilishiga sabab boʻlmagan yengil tan jarohati sifatida baxolangan.
Shunday qilib, EOK oʻzining talonchilik yaʼni, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yohud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib, oʻzganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilishda ifodalangan jinoiy harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 2023-yil 05-iyul kunidagi xukmiga koʻra, EOK Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi
2-qismi “a,v” bandlari bilan aybli deb topilib unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.
Mualiflar:
Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich
Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi kapitan Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich