Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Jinoyat uchun jazo muqarar


Jinoyat uchun jazo muqarar

 

Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.

Dastlabki tergov hujjatlariga koʻra, 2003-yil 02-aprel kuni Bekobod tumanida tugʻilgan, MSF, muqaddam 1). 26.04.2022-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Zarbdor tuman sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi
3-qismi “a” bandi bilan sudlanib, 2 yil, 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va ushbu jazodan 24.10.2022-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining ajrimiga asosan JKning 74-moddasiga koʻra, oʻtalmay qolgan
1 yil, 6 oy, 27 kun jazo muddati axloq tuzatish ishlari jazosiga oʻzgartirilgan va hozirda jazo muddatini oʻtayotgan boʻlsada, bundan oʻziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, xavfli retsidivist boʻla turib, yana jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi oʻgʻirlik, yaʼni uy-joyga gʻayriqonuniy ravishda kirib, oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish jinoyatini quyidagi holatda sodir etganlikda fosh etiladi.

Jumladan, u Bekobod tumani Yangihayot MFYda yashab kelib, 2023-yil 26-may kuni taxminan soat 01:30larda xavfli retsidivist boʻla turib, yana oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, 1982-yilda tugʻilgan YGVga tegishli boʻlgan Bekobod tumani Yangihayot MFYda joylashgan, “YGV YATT” nomli savdo doʻkonining oldiga kelib, oʻzi bilan olib kelgan qoshiq yordamida doʻkonning “Akfa” eshigi qulfini gʻayriqonuniy ravishda buzish yoʻli bilan doʻkonga kirib, mazkur doʻkondagi savdo rastasi ostida saqlanayotgan fuqaro G.V.Yoʻldoshevaga tegishli boʻlgan jami 15.000.000 soʻm naqd pul mablagʻlarini va har birini bahosi 15.000 soʻm boʻlgan ikki dona jami 30.000 soʻmlik “Soka Sola” salqin ichimliklarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa sodir boʻlgan joydan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur xolat yuzasidan 28.05.2023-yil kuni nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan 272201/2023-82-sonli jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mazkur jinoyat ishi boʻyicha 29.05.2023-yilda MSFga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoq” extiyot chorasi tanlangan.

Bundan tashqari MSF 2023-yil 14-may kuni soat taxminan 14:00larda oʻzini isteʼmoli uchun koʻp miqdordagi giyoxvandlik vositasini qonunga xilof ravishda egallash maqsadida, avvaldan tanish boʻlgan Bekobod tuman “Bunyodkor” MFYda yashovchi 1987-yilda tugʻilgan J.S.Yunusaliyevdan, jami 300.000 soʻm pul mablagʻiga bir dona oqish rangli polietilen material parchasiga qadoqlangan oʻramcha ichida toʻq jigarrang rangli, presslangan, nasha giyoxvandlik oʻsimligining xidiga oʻxshash oʻtkir xidga ega boʻlgan vosita nasha oʻsimligining gulkosachabarglaridan maxsus usulda ajratib olingan, tarkibida faol tetragidrokannabinol giyoxvandlik moddasi boʻlgan gashish giyoxvandlik moddasini sotib olib, ushbu giyoxvandlik moddasini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, oʻzini kelajakda isteʼmoli uchun ustida boʻlgan jinsi shimining orqa tomon choʻntak qismiga solib, qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.

2023-yil 26-may kuni taxminan soat 20:30 larda, Bekobod tumani IIB JQB xoganligini,lari tomonidan, Bekobod tumani “Yangihayot” MFYda yashovchi 2003-yilda tugʻilgan MSF 26.05.2023-yil kuni sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati boʻyicha tuman IIB binosiga olib kelinib, ikki nafar xolislar ishtirokida oldida boʻlgan taqiqlangan buyumlar topshirish tushuntirilganda MSF egnida boʻlgan jinsi shimining orqa tomon choʻntak qismida boʻlgan bir dona oqish rangli polietilen material parchasiga qadoqlangan oʻramcha ichida toʻq jigarrang rangli, presslangan, nasha giyoxvandlik oʻsimligining xidiga oʻxshash oʻtkir xidga ega boʻlgan vosita nasha oʻsimligining gulkosachabarglaridan maxsus usulda ajratib olingan, tarkibida faol tetragidrokannabinol giyoxvandlik moddasi boʻlgan gashish giyoxvandlik moddasini xamda oʻgʻirlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan jami 165.000 soʻm pullarni taqganligini, qilgan. Ushbu giyoxvandlik moddasi xamda 165.000 soʻm pullar tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Ish yuzasidan oʻtkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizaning 2023-yil
27-may kunidagi 68-sonli xulosasiga koʻra, MSFdan olingan bir dona oqish rangli polietilen material parchasiga qadoqlangan oʻramcha ichida toʻq jigarrang rangli, presslangan, nasha giyoxvandlik oʻsimligining xidiga oʻxshash oʻtkir xidga ega boʻlgan vosita nasha oʻsimligining gulkosachabarglaridan maxsus usulda ajratib olingan, tarkibida faol tetragidrokannabinol giyoxvandlik moddasi boʻlgan gashish giyoxvandlik moddasi deb atalishi, sof vazni 2023-yil
27-may kuni 2,2 grammni tashkil etishi aniqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 27-oktyabr kunidagi 878-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi giyohvand moddalarni nazorat qilish DQning 12.11.2015-yil kunidagi 330-sonli qaroriga asosan “Gashish” giyohvand moddalari Oʻzbekiston Respublikasida muomala qilinishi taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilgan.

Ish yuzasidan oʻtkazilgan sudga oid narkologik ekspertizaning
2023-yil 15-iyun kunidagi 514-sonli xulosasiga koʻra, MSFni narkamaniya kasalligiga chalinganligi, kasallikka qarshi tibbiy yoʻsindagi majburiy davolanishga muxtoj ekanligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan 29.05.2023-yil kuni MSFga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 272201/2023-83-sonli jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

10.06.2023-yil kuni mazkur jinoyat ishlari mazmunan bir xil boʻlganligi sababli 272201/2023-82-sonli jinoyat ishi xujjatlariga birlashtirilgan.

272201/2023-82-sonli jinoyat ishi boʻyicha MSF Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi, 276-moddasi 2-qismi “a” bandida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib 22.06.2023-yil kuni ayblov xulosasi JIB Bekobod tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining 2023-yil 09-avgust kunidagi xukmiga koʻra, MSF Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi
3-qismi “a” bandi, 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlangan.

Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.

 

Mualiflar:

 

Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich

 

Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi kapitan Mamaroziyev Jasurbek Ravshanbekovich