Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi


Advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi

 

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun (O‘RQ–862, 09.08.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

 

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

 

Advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay'atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.

 

Ilgari: talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish lozim edi.

 

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Quyi Chirchiq tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshlig’I

Sh.I.Suleymanov