Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi


Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–863-son, 18.08.2023 y.) bilan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

 

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Agentlik, jumladan:

 

▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

▫️qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

 

Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.

 

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berildi.

 

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshlig’I

Sh.I.Suleymanov