Янгиликлар
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlashi, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undi
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlashi, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni ikki oydan ortiq to‘lamaslik quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:
▫️15 sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olish;
▫️120 soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb etish;
▫️ma'muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga BHMning 20 baravari (6 mln 600 ming so‘m) miqdorida jarima solish.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Quyi Chirchiq tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’I
Sh.I.Suleymanov