Янгиликлар
Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (356-son, 11.08.2023 y.) bilan Ichki ishlar vazirligining Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi
Nizomga ko‘ra, sport maktabida o‘quvchi-sportchilar kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat hamda ta'lim olish muddati o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo‘lgan davr mobaynida davom etadi.
Sport maktabiga 18 yosh va undan katta sportchilar qabul qilinadi.
O‘quvchi-sportchilarni sifatli tanlab olishni ta'minlash maqsadida sport maktabida qabul o‘rinlari bo‘shagan kundan 1 oy muddatda tanlov va uni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida e'lon beriladi.
Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:
sport ustaligiga nomzoddan past bo‘lmagan sport toifasining mavjudligi;
kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo‘yicha sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallangan sovrinli o‘rinlar (1–3-o‘rin) mavjudligi.
Sport maktabiga o‘qishga kirishda nomzodlar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi, shundan 30 ball umumiy jismoniy tayyorgarlikka va 70 ball maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi.
Quyi Chirchiq tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’I
Sh.I.Suleymanov