Янгиликлар
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi
“Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat'iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq (396-son, 10.08.2023 y.) ichki ishlar vaziri tomonidan imzolandi.
Shunga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan to‘lov stavkalari quyidagi miqdorda belgilandi:
1️⃣ Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
2️⃣ Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RO‘DRB uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida;
3️⃣ Tranzit RO‘DRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;
4️⃣ Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
5️⃣ Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.
Shuningdek:
yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
RO‘DRBni 12 oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.
Mazkur buyruq 2023 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.
Quyi Chirchiq tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’I
Sh.I.Suleymanov