Янгиликлар
Mehnat terapiyasi nima.
Mehnat terapiyasi nima.
Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar majburiy davolanishda bo‘lishi davrida davolash maqsadida va ularning jismoniy holati hisobga olingan holda, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq ularga nisbatan mehnat terapiyasi qo‘llaniladi.
Majburiy davolanayotgan va mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatiga jalb qilingan shaxslarning ish vaqti davomiyligi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomiyligi normalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Korxonalar ishlangan vaqt uchun hisoblangan ish haqining o‘ttiz foizini majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lar maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazadi, ish haqining qolgan qismi esa soliqlar, alimentlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ushlanmalar chegirib tashlangan holda mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatiga jalb etilgan shaxsning o‘z shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Narkologiya muassasasiga mazkur shaxslarning familiyalari ro‘yxati ham bu shaxslarga o‘tkazilgan ish haqi summalari ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi.
"NARKOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI VA ULARNI DAVOLASH TO‘G‘RISIDA"gi Qonun 32-modda.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi
YUXKM boshligi Sh.I.Suleymanov