Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Administratsiya Rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga quyidagi huquqlar berilgan:


Administratsiya Rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga quyidagi huquqlar berilgan:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma va topshiriqlar berish, ular ijrosining borishi va natijalari toʻgʻrisida batafsil axborotni talab qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholash, shuningdek, yuklatilgan vazifalarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun ularni egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish masalalarini tashabbus qilish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlarini oʻrganish va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, shu jumladan hokimlar boshchiligida ishchi komissiyalar va guruhlar tashkil etish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ularga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilishining borishini hamda biriktirilgan tarmoqda (sohada) erishilgan aniq natijalarni koʻrib chiqish va muhokama qilish maqsadida navbatdan tashqari hayat (yigʻilish)larni chaqirish boʻyicha takliflar kiritish.

Quyi Chirchiq tuman adliya bo’limi

YUXKM boshligi                                                Sh.I.Suleymanov