Янгиликлар
Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amaldagi qonunchilik.
Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amaldagi qonunchilik.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko‘ra monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanishi belgilangan. Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha ‘‘monoc’’— yagona, bitta va ‘‘poleo’’— sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.Iqtisodiyotning biron-bir sohasida tanho hukmronlik; davlat, korxona yoki jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik sohasida faoliyat olib borishi uchun berilgan alohida huquqi. Yurtimizda ham Monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib.Mazkur soha bo‘yicha vakolatli davlat organi bu Monopoliya qarshi kurashish qo‘mitasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2019 yildagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida nizom asosida faoliyatini olib boradi. Qo‘mita monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash hamda tovar-xomashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ro‘ziyeva Sharofat
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i