Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi


Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi

“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–848-son, 16.06.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

1)    kam taʼminlangan shaxslar, agar ular:

Ø fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar;

Ø maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachilar;

Ø maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;

Ø jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar boʻlsa;

2) ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;

3) oʻz huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

4)_Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan hollar va muddatlar bundan mustasno).

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reestriga kiritilgan advokatlar tomonidan koʻrsatiladi.

Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida roʻyxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi.

Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda toʻlov amalga oshiriladi.

Ro‘ziyeva Sharofat

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i