Янгиликлар
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni tarbiyalanuvchilar safidan chiqarish tartibini bilasizmi?
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni tarbiyalanuvchilar safidan chiqarish tartibini bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va:
bola qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha;
tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha;
bola maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘llanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shartligi belgilangan.
Ro‘ziyeva Sharofat
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i