Янгиликлар
22
O‘zbekistonda hokimlar ikki muddatdan ortiq lavozimga tayinlanishi taqiqlanmoqda.
O‘zbekistonda hokimlar ikki muddatdan ortiq lavozimga tayinlanishi taqiqlanmoqda.
Qayd etilishicha, Konstitutsiya loyihasida davlat hokimiyatining bir qator lavozimlariga nisbatan ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emasligiga oid demokratik qoida kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, quyidagi lavozimlarga bir shaxs ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas:
- Qonunchilik palatasi spikeri;
- Senat raisi;
- O‘zbekiston Respublikasining prezidenti;
- viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari kengashining raisi;
- hokim
- Oliy sudning raisi va rais o‘rinbosari;
- Sudyalar oliy kengashining raisi va rais o‘rinbosari;
- Markaziy saylov komissiyaning raisi;
- Bosh prokuror.
Kazimbayev Abdulaziz
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti