Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Voyaga yetmaganlar va talabalar ishlashi mumkinmi?


Voyaga yetmaganlar va talabalar ishlashi mumkinmi?

 

Voyaga yetmaganlar ham, talabalar ham ishlashi mumkin. Bu qonunchilikda taqiqlanmagan.

16 yoshga toʼlgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, oʼrta maxsus, kasb-hunar oʼquv yurtlarining oʼquvchilarini ularning sogʼligʼiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni oʼqishdan boʼsh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga toʼlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʼrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yoʼl qoʼyiladi.

 

Kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar oliy oʼquv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasini tuzgan holda ishlashlari mumkin.

 

18 yoshga toʼlmagan shaxslar noqulay mehnat sharoitlarida, yer osti ishlarida va boshqa sogʼligiga xavfli boʼlgan ishlarda ishlashlari taqiqlanadi.

 

Muzallamov Muhiddin

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti