Янгиликлар
Enagalik oʻzini oʻzi band qilish hisoblanadi
Enagalik oʻzini oʻzi band qilish hisoblanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullandigan faoliyat turi hisoblanadi.
Mazkur shaxslar soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishlari lozim. Roʻyxatdan oʻtish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtgan shaxsga QR-kodli maʼlumotnoma beriladi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromad soligʻi toʻlamaydi.
Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (330 ming soʻm) ijtimoiy soliq toʻlaydi. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 515 moddasiga asosan enaga sifatida 16 yoshdan shugʻullanish mumkinligi belgilab qoʻyilgan.
Islamov Muzaffar
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti