Янгиликлар
Shaxsning erkinligi va daxlsizligi huquqi nima?
Shaxsning erkinligi va daxlsizligi huquqi nima?
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga asosan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
Islamov Muzaffar
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti