Янгиликлар
Yaqin qarindoshlartransport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin.
Yaqin qarindoshlartransport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) mazkur transport vositasidan foydalanishi va boshqarishida ishonchnoma talab etilmaydi.
Buning uchun transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida mazkur yaqin qarindoshlar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Islamov Muzaffar
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti