Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Turar joyga muhtoj yetim bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda 1 xonali kvartira ajratiladi


Turar joyga muhtoj yetim bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda 1 xonali kvartira ajratiladi

 

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2012-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.

Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi boʻlgan bolalarga kvartiralar koʻp qavatli uylarning 3-qavatigacha ajratiladi.

Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga toʻlgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.

 Islamov Muzaffar

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti