Янгиликлар
Siz yangi qabul qilingan mehnat kodeksining asosiy vazifalari va mehnat to`g`risidagi qonunchilikning amal qilish sohasidan xabardormisiz?
Siz yangi qabul qilingan mehnat kodeksining asosiy vazifalari va mehnat to`g`risidagi qonunchilikning amal qilish sohasidan xabardormisiz?
Kodeksning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi, xususan
xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash;
ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;
mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish;
xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishini olib ko`radigan bo`lsak, u quyidagi munosabatlarga
xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga;
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Islamov Muzaffar
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti