Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi


Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (331–son, 03.08.2023-y.) bilan Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, agrosubsidiya agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratiladi.

Buning uchun agrosubsidiya ajratishni tartibga soluvchi ishchi guruhga ariza bilan murojaat qilinadi.

Ishchi guruh arizaga muvofiq agrosubsidiyaning tegishli turi boʻyicha bajarilgan ish va xizmatlarni (mahsulotlarni) joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi hamda agrosubsidiyani ajratish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani vakolatli davlat organiga taqdim etadi.

Vakolatli davlat organi ishchi guruh xulosasini oʻrganib chiqib, xulosa kelib tushgandan boshlab 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subyektga subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi toʻgʻrisida javob xati yuboradi.

Soʻng vakolatli davlat organlari tomonidan 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi subyektga subsidiya ajratish boʻyicha toʻlov hujjatlari Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga joʻnatiladi.

Shunga koʻra, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi toʻlov hujjatlarini olgach 1 ish kunida tegishli subsidiya summasini agrosubsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Nunnazarov.