Янгиликлар
Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi
Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi
Milliy haydovchilik guvohnomalarini berish xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari yoki Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladi.
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqaro belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun BHMning 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Haydovchilik guvohnomasi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga beriladi.
Bunda quyidagi miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi:
nazariy imtihon topshirish uchun – BHMning 10 foizi;
har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun – BHMning 15 foizi;
avtomototransportlarni, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun – BHMning 10 foizi;
har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun – BHMning 15 foizi.
Ariza beruvchi nazariy imtihondan oʻtgan taqdirda, unga darhol avtomatik tarzda amaliy imtihonga ruxsat beriladi hamda 2 oylik muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi.
Agar ariza beruvchi nazariy imtihondan oʻtmolmasa, 7 kundan soʻng imtihonni takroran topshirishi mumkin.
Ariza beruvchi sunʼiy ong orqali baholanadigan faqat maxsus tashkil etilgan avtodromda amaliy imtihonlarni topshiradi.
Ariza beruvchi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, unga milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti
M.Nunnazarov.