Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Yongʻin oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishi lozim


Yongʻin oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishi lozim

Qonunchilikka koʻra, yuridik va jismoniy shaxslarning asosiy fondlari hisoblangan bino va boshqa mol-mulki nobud boʻlishi va zararlanishi (olovdan, tutundan, katta haroratdan, yongʻin oʻchirish vositalaridan, portlashdan — agar portlash natijasida yongʻin roʻy bergan boʻlsa) yongʻin bilan hamda atrof tabiiy muhitga zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlib, talafot koʻrgan deb topilsa, yetkazilgan mulkiy zarar bevosita koʻrilgan talafotlar miqdori bilan aniqlanadi.

Davlat yongʻin nazorati organlari yongʻinlardan yetkazilgan zararni qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar va sugʻurtalovchilar tomonidan berilgan maʼlumotlar, sudlarning hukmlaridan koʻchirmalar yoki yetkazilgan moddiy zarar miqdorini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar ilova qilingan mulk egalarining yozma arizalariga asosan hisobga oladilar.

Fuqarolar yongʻin tufayli oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi huquqiga ega.

Gʻayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Nunnazarov.