Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Otorinolaringologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi


Otorinolaringologiya ilmiy-amaliy tibbiyot

markazi tashkil etiladi

“Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–255-son, 01.08.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilinadi.

Markaz otorinolaringologiya yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi hamda “Markaz – hududiy tibbiyot muassasalari – tuman (shahar) tibbiyot muassasalari” tizimi asosida ishlaydi.

2024/2025 oʻquv yilidan Markazda otorinolaringologiya ixtisosligi boʻyicha tibbiyot kadrlarini klinik ordinatura orqali tayyorlash tashkil qilinadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining otorinolaringologiya boʻlimlari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi.

2024-yil 1-yanvardan otorinolaringologiya va yuz-jagʻ jarrohligi yoʻnalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilishiga ruxsat beriladi.

2024-yildan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantatsiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida qoʻshimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi.

Qaror bilan shuningdek, 2023–2026-yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Nunnazarov.