Янгиликлар
Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar koʻp undiriladi
Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar koʻp undiriladi
Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda huquqbuzarlarga:
moratoriy talablarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilishni nazarda tutuvchi koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning koʻrsatmalari va qarorlarini qabul qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytiriladi.
Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qoʻmitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat boʻyicha huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravari (330 ming soʻm)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti
M.Nunnazarov.