Янгиликлар
Ish stajiga ega boʻlmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi
Ish stajiga ega boʻlmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–120-son, 28.07.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, 2023-yil 1-avgustdan:
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 soʻm;
ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga
568 000 soʻm;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga
568 000 soʻm;
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 198 000 soʻm etib belgilanadi;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 soʻm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatgaa qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti
J.Muhammadiyev