Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qoraqalpogʻistondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi eʼtirof etiladi


Qoraqalpogʻistondagi hujjatsiz uy-joylarga

mulk huquqi eʼtirof etiladi

 

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida” gi Prezident Farmoni (PF–119-son, 28.07.2023-y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil

1-maygacha boʻlgan davrdan boshlab oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan boʻlishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda soʻnggi 5 yil uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlanganligi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Huquqlarni eʼtirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar roʻyxatiga muvofiq Joʻqorgʻi Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Bunda:

talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari oʻrtasida nizo mavjud boʻlgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024-yil

1-avgust hisoblanadi;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

J.Muhammadiyev