Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Mahallalarda 5 000 ta sport maydonchasi tashkil qilinadi


Mahallalarda 5 000 ta sport maydonchasi tashkil qilinadi

“Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–245-son, 28.07.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun 2030-yilgacha 5 000 ta sport maydonchalari tashkil qilinadi.

2023-yil 1-avgustdan:

olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda maktablar hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tizimiga oʻtkaziladi;

sport maydonchalarining joylashuv hududidan qatʼi nazar (taʼlim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul boʻladi va vaqti chegaralanmaydi;

sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan tashkil etiladi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

J.Muhammadiyev