Янгиликлар
Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi
Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz
markalari joriy etiladi
“Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (313-son, 26.07.2023-y.) qabul qilindi
2023-yil 1-avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
Bunda:
ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlariga ishlab chiqarishda (import qilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;
ulgurji va chakana savdo tarmogʻida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
2024-yil 1-noyabrdan eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda sotilishining oldini olish choralari koʻriladi.
Qarorga koʻra, aroq mahsulotlarini saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda
24 oygacha etib belgilanadi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
A.Teshaboyev