Янгиликлар
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi
“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident qarori (PQ-236-son, 26.07.2023-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra:
2023-yil 1-oktyabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu tizimlarni oʻzaro integratsiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.
2024-yil 1-yanvardan munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan monitoring qilinadi.
Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdorlari har yili 31-dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.
2023-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida (quyidagi roʻyxatda keltirilgan) Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
2024-yil 1-yanvargacha kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.
2024-yil 1-martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz taʼminoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etiladi.
2024-yil 1-yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan toʻlov asosida foydalaniladi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
A.Teshaboyev