Янгиликлар
Toshkent toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi
Toshkent toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi
"Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni (PF–112-son, 26.07.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini oʻzgartirish, yashil hududlarni keskin koʻpaytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Shunga koʻra, Toshkent shahrida qoʻshimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi.
Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi etib qayta nomlandi.
Farmon bilan davlat va tadbirkorlar oʻrtasida “koʻprik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
A.Teshaboyev