Янгиликлар
Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:
Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:
oilaviy tadbirkorlik uchun – 3-6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
▫️chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
▫️bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.
Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.
“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
A.Teshaboyev