Янгиликлар
Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan (307-son, 22.07.2023-y.) Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida 1-martalik subsidiya beriladi.
Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YAIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi maʼlumotlari, subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaraq va manzili koʻrsatiladi.
Murojaat 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganida;
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi Yagona elektron shartnomalar portalida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda;
kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi maʼlumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.
Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.
Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga oʻtkazib beriladi.
Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti
D.Nurullayev