Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ishga qabul qilish qoidalari buzilganligi asosi bilan ishdan boʻshatishga faqat oʻsha qoidabuzarlikni bartaraf qilish iloji boʻlmaganda yoʻl qoʻyiladi


Ishga qabul qilish qoidalari buzilganligi asosi bilan ishdan boʻshatishga faqat oʻsha qoidabuzarlikni bartaraf qilish iloji boʻlmaganda yoʻl qoʻyiladi

Ishdan boʻshatish ish beruvchi va xodimga bogʻliq boʻlmagan asoslar bilan amalga oshirilishi mumkin. Mehnat kodeksida quyidagilar taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar sifatida koʻrsatilgan:

xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi;

shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi (masalan, xodim noqonuniy ishdan boʻshatilsa, sud uni qayta tiklasa). Bunda xodimni boʻshatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;

xodim sud hukmi bilan ishlashni cheklaydigan jazoga hukm qilinganda (masalan, ozodlikdan mahrum qilinganda);

ishga qabul qilish qoidalari buzilganda, agar qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni boʻlmasa va u ishni davom ettirishga toʻsqinlik qilsa;

ishni davom ettirishga toʻsqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganda (xodim tibbiy xulosa asosida toʻliq mehnat qilishga qobiliyatsiz deb topilganda, litsenziya yoki ruxsatnoma tugatilganda). Bunda xodimni boʻshatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;

sud qarori asosida tashkilot tugatilganda;

xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori yoki Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganda;

xodim vafot etganda, sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etilganda yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganda;

Qonunchilik palatasi deputati, Senat aʼzosi vakolati tugaganligi yoki ular tarqatib yuborilganligi uchun ular avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi. Bunda xodimni boʻshatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Saylanadigan yoki tanlov asosida tayinlanadigan lavozim muddati tugaganidan keyin xodim qayta saylanmasa yoki tanlovdan oʻtmasa, u ishdan boʻshatiladi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

D.Nurullayev