Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Hisob palatasi har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikka hisobot berib boradi


Hisob palatasi har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikka hisobot berib boradi

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–856, 17.07.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi

Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:

Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Hisob palatasi:

moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;

nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar mustasno;

har chorakda kamida bir marta oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi.

Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshligʻi

R.Galiyev