Янгиликлар
Jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida xodimni ish beruvchi tomonidan ishdan boʻshatishda kasaba uyushmasining roziligini olish belgilangan boʻlsa, kasaba uyushmasi roziligisiz xodimni ishdan boʻshatish mumkin emas.

Quyidagi holatlarda kasaba uyushmasi roziligi talab qilinmaydi:
korxona tugatilganda;
ish beruvchi ishdan boʻshatishi mumkin boʻlgan istalgan asos bilan tashkilot rahbari, alohida tarkibiy boʻlinma rahbarini ishdan boʻshatishda;
tashkilot mulkdori oʻzgarganda tashkilot rahbari, oʻrinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida boʻlinmasi rahbarini ishdan boʻshatishda, bunda mulkor tashkilotni oʻziga mulk qilib olgandan keyin 3 oyda ularni ishdan boʻshatishga yoʻl qoʻyiladi.
Kasaba uyushmasi roziligini olish uchun unga taqdimnoma kiritiladi, kasaba uyushmasi 10 kunda uni koʻrib chiqib xulosa beradi, xulosa 1 oy amal qiladi, 1 oydan keyin mazkur xulosa bilan xodimni ishdan boʻshatib boʻlmaydi. Oʻz vaqtida xulosa berilmasa, xodim kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan boʻshatiladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
R.Galiyev