Янгиликлар
18 yoshga toʻlmagan shaxsni novvoy sifatida ishlatish mumkin emas
18 yoshga toʻlmagan shaxsni novvoy sifatida
ishlatish mumkin emas
Hukumat qarori bilan (290-son, 14.07.2023y.) Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxati tasdiqlandi
Roʻyxatga koʻra, quyidagi ishlarda 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:
Koʻmirni boyitish apparatchisi;
Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
Yer osti kon ishchisi;
Tarkibida olmos boʻlgan konsentratlarni meʼyoriga yetkazuvchi;
Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
Olmoslar va oʻta qattiq materiallarni silliqlovchi;
Issiqlik tarmogʻidagi uskunalarni taʼmirlash boʻyicha chilangar;
Neft va gaz qazib olish boʻyicha operator;
Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
Tibbiy preparatlarni dozalovchi;
Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
Gipsni qizdiruvchi;
Asfaltbetonchi;
Novvoy;
Xamir qoruvchi;
Goʻsht mahsulotlarini kesuvchi;
Muzqaymoq tayyorlovchi;
Naqqosh;
Yoʻlovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
R.Galiyev